20:37 / 29.09.2015
2511

Tojikistonda Islom uyg‘onish partiyasi faoliyati taqiqlab qo‘yildi

Tojikiston Oliy sudi Tojikiston Bosh prokuraturasining Tojikiston islom uyg‘onish partiyasining (TIUP) terrorchilik tashkiloti deb tan olinishi bo‘yicha da'vo arizasini qondirdi va mamlakatda uning faoliyatini taqiqlab qo‘ydi.

“Xovar” axborot agentligi saytida chop etilgan sud hukmiga ko‘ra, Tojikistonda partiyaga tegishli “Najot” gazetasining chop etilishi, partiyaga tegishli video, audio mahsulotlar, adabiyotlar tarqatilishi taqiqlanadi, partiya sayti to‘sib qo‘yildi. Sud qaroriga ko‘ra, mamlakatga TIUP faoliyatiga tegishli bo‘lgan har qanday materialning olib kirilishi taqiqlandi.

Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, TIUP rahbariyati rejalashtirgan davlat to‘ntarishi rejasiga binoan, 40 nafar qurollangan kishi Millat saroyiga, 25 nafar – prezident ijroiya mahkamasi binosiga, 40 nafar – IIV binosiga, 25 nafar – Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga, 40 nafari Dushanbe xalqaro aeroportiga hujum qilishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, jangarilar Mudofaa vazirligi binosi, teleradiouzatish qo‘mitasi, davlat telekanallari joylashgan binolarni hamda Dushanbe va Vaxdat shaharlaridagi IIV bo‘limlarini bosib olishi kerak bo‘lgan.

Top