Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzMedExpo ko‘rgazmasi 29 sentabrdan ish boshladi
29 sentabr – 1 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da sakkizinchi xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo-2015” tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik hodisalardan biri hisoblanadi.
Xalqaro ko‘rgazma “IEG Uzbekistan” xalqaro kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zfarmsanoat”, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyalari, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa bir qator xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarning yurtimizdagi vakolatxonalari assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etiladi.
Ko‘rgazma quyidagi asosiy an'anaviy bo‘limlarni o‘z ichiga olgan:
tibbiyot texnikalari, qurilmalari va diagnostika;
laborator tibbiyot;
stomatologiya;
farmatsevtik dori-darmonlar va vositalar;
go‘zallik va salomatlik.
Ishtirokchi kompaniyalar ko‘rgazmada milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar erishgan yutuqlarni namoyish etishadi. Tibbiyot va stomatologiya texnikalari, qurilmalari, farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar, shifoxonalar ko‘rgazmada o‘z mahsulotlari va xizmatlarini respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurganlarga namoyish etish imkoniga ega bo‘lishadi.