Jahon | 15:19 / 29.09.2015
2499
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada ulkan dengiz qo‘riqxonasi barpo etiladi

Yangi Zelandiya dunyodagi eng yirik dengiz qo‘riqxonalaridan birini barpo etish bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi.

"Muqaddas Kermadek" nomli ushbu qo‘riqxona 620 ming kv km maydonni egallaydi va unda delfin, dengiz toshbaqasi va kit kabi jonivorlarning yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari yashaydi.

Bu hududda baliqchilik bilan shug‘ullanish qat'iyan man qilinadi.

Bu qo‘riqxona Yangi Zelandiya hududidan bir necha marta katta maydonni egallaydi va Kermadek orolidan janubda, Tonga oroli bilan oraliqdagi hududda joylashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish