Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yildan 150 million yulduzni o‘z ichiga oladigan Maydanak yulduzlar katalogini tuzish ishlari boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti Xitoy fanlar akademiyasiga qarashli Milliy astronomiya observatoriyalari bilan Maydanakdagi teleskopni modernizatsiyalash ishlarini boshlab yubordi.
Ko‘zgusining diametri 1 metr bo‘lgan ushbu teleskop yordamida 2016 yildan Maydanak yulduzlar katalogini tuzish ishlari boshlanadi. Katalog 150 million yulduzni o‘z ichiga oladi.
Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Astronomiya fani istiqlol yillarida” deb nomlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
O‘zbekiston axborot agentligining xabariga ko‘ra, hozirda Maydanak observatoriyasining Yaponiya Milliy astronomiya observatoriyasi, Janubiy Koreya universitetlari assotsiatsiyasi, Germaniya, Fransiya observatoriyalari tadqiqotchilari bilan birgalikdagi ilmiy izlanishlari yanada kengaygan.
Xalqaro aloqalarni rivojlantirish natijasida Maydanak rasadxonasi astroiqlimi bilan birga zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha ham jahondagi eng nufuzli observatoriyalar safidan o‘rin olgan.
Institut olimlarining izlanishlari samarasida Samarqand kichik sayyorasi, shuningdek, bir qator sayyoralar kashf etildi.
Institut ko‘magi bilan mamlakatimizning oliy o‘quv yurtlarida oltita o‘quv observatoriyasi ishga tushirildi.