12:28 / 30.09.2015
5230

AQShda sud hukmi o‘qilgan qotil tasodifan ozodlikka chiqarib yuborildi

Luiziana shtatida xato tufayli qamoqdan chiqarib yuborilgan qotil qidirilmoqda, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Jinoyatchining ismi Benjuiel Jonson. U 2013 yilda qotillik uchun qamoqqa olingan.
22 sentabr kuni u “Dikson” axloq tuzatish muassasasidan boshqa jinoyatlar bilan bog‘liq yurisdiksiyadagi muassasasiga yuborildi. U yerdan esa jinoyatchini qo‘yib yuborishdi. Taxminlarga ko‘ra, bu xatoga qamoq amaldorlaridan biri yo‘l qo‘ygan.

Top