Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Putinga yozgan xatida harbiy yordam so‘radi
Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida undan harbiy yordam so‘radi. Bu haqda Suriya prezidentining matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Kreml ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov, shuningdek, Federatsiya kengashi spikeri Valentin Matviyenko Rossiya Asaddan rasmiy so‘rov olgani bois Suriya hududida havo operatsiyalari o‘tkazish huquqiga ega ekanligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qurolli kuchlarni mamlakat tashqarisida qo‘llash haqidagi so‘rovnoma Federatsiya kengashi tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.