19:22 / 30.09.2015
5492

BMT Bosh assambleyasida Moldova bosh vazirini Putin bilan yanglishtirib qo‘yishdi

BMT Bosh assambleyasida davlatlar yetakchilarini kutib olish vaqtida kulguli holat yuz berdi: BMT bosh qarorgohi xodimlari Moldova bosh vaziri Valeriy Streletsni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yanglishtirib qo‘yishdi. 

Qayd etish joizki, ular bir-birlariga o‘xshash qiyofaga egalar.
Xodimlar Valeriy Streletsga prezidentlarga xos bo‘lgan mulozamat ko‘rsatib, uni Vladimir Putin o‘rniga o‘tqazib qo‘yishdi. O‘z shaxsiga bunday e'tibordan mag‘rurlanib ketgan Strelets zalni kesib o‘tib, Putinga mo‘ljallangan joyga o‘tirdi.
Biroq bu holat uzoq davom etmadi, bu holni jurnalistlar sezib qolishdi.

“Bu Vladimir Putin emas. 10 yildan beri Putinni yaqindan ko‘rmagan BMT xodimlari yanglishdilar”, deb xabar bermoqda RTVi telekanali.

Xato zudlik bilan bartaraf etildi va Moldova bosh vaziri Putinga mo‘ljallangan joyni bo‘shatib, o‘zi uchun hozirlangan joyga borib o‘tirdi.

Top