Sport | 03:17 / 30.09.2015
3680
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, G guruhi: “Dinamo” Kiyev “Makkabi”ni, “Portu” “Chelsi”ni yutdi

29 sentabrda Chempionlar Ligasi saralash bosqichining 2-turida G guruhidan o‘rin olgan “Makkabi”-“Dinamo Kiyev” uchrashuvi 0:2 hisobida mehmon jamoa hisobiga yakunlandi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Andrey Yarmolenko, 50-daqiqasida Junior Morayes isroilliklar darvozasini ishg‘ol etdi.

Chempionlar Ligasi, G guruhi, 2-tur
Makkabi T-A (Tel-Aviv) – Dinamo K (Kiyev) – 0:2
Gollar: Yarmolenko, 4 (0:1); Morayes, 50 (0:2).

Parallel uchrashuvda “Portu” o‘z maydonida “Chelsi”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. “Portu” yarimhimoyachisi Andre Andrening 39-daqiqadagi goliga “Chelsi” yarimhimoyachisi Villian 1-bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda javob qaytardi. “Ajdarholar” safidagi g‘alaba to‘pi Maykon hisobiga yozib qo‘yildi.

Portu (Portu) – Chelsi (London) – 2:1
Gollar: Andre, 39 (1:0); Villian, 45+2 (1:1); Maykon, 52 (2:1).

Guruhda musobaqa jadvali 2-turdan keyin quyidagi ko‘rinish oldi: 1. “Dinamo” Kiyev – 4 ochko; 2. “Portu” – 4; 2. “Chelsi” – 3; 4. “Makkabi” – 0.