Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 01:00 / 30.09.2015
3513
1 daqiqa o‘qiladi
Edvard Snoudenning tvitterdagi akkaunti obunachilari soni 2 soat ichida 250 mingdan oshib ketdi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenning tvitterdagi akkaunti obunachilari soni 2 soat ichida 250 mingdan oshib ketdi.
Avvalroq AQSh maxsus xizmatlarining global kuzatuv olib borishi haqidagi maxfiy ma'lumotlarni oshkor etgani uchun taqib qilinib kelinayotgan Edvard Snouden Twitter ijtimoiy tarmog‘ida akkaunt ochgani ma'lum qilingandi.
Snoudenning “Endi siz meni tinglayapsizmi?” deb yozgan birinchi tvitiga javoblar – retvitlar soni 35 mingtadan oshib ketgan.