Jahon | 15:01 / 30.09.2015
5167
1 daqiqa o‘qiladi

Farhod Tolipov: IShIDda Markaziy Osiyoga ekspansiya uyushtiradigan salohiyat yo‘q

O‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipov, EurasiaDaily nashriga bergan intervyusida IShIDning Markaziy Osiyodagi istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.
IShID va O‘zbekiston islom harakatining Markaziy Osiyoga bostirib kirish ehtimoliga baho berar ekan, ekspert shunday dedi:
“Buning ehtimoli kam. U hali birorta mamlakatga bostirib kelgani yo‘q (agar aynan shu atama qo‘llanadigan bo‘lsa), qayerda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yerda faoliyat yuritmoqda. IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya ishlayotgan bir paytda bu tashkilot mintaqaviy ekspansiya uyushtiradigan salohiyatga ega deb o‘ylamayman”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish