Jahon | 17:26 / 30.09.2015
2445
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Asadni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi

Fransiya Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan tergov ishlarini boshlab yubordi. France-Presse agentligining mahalliy suddagi manbalarga tayanib yozishicha, Asad insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda.
Taftish asosan 2011-2013 yillarda sodir etilgan jinoyatlarni ko‘zda tutmoqda. Fransiya tergovchilari ko‘p jihatdan Tsezar ismli rassomning ma'lumotlariga tayanmoqda. U 2013 yilda Suriyadan qochgan bo‘lib, o‘zi bilan 55 mingdan ortiq surat olib kelgan.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning bayonotiga ko‘ra, Fransiya kerakli choralar ko‘rish mas'uliyatini o‘z zimmasiga olmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish