Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bosh vaziri: terrorchilik bilan nafaqat Suriyada, balki Afrika va Liviyada ham kurashish lozim
Terrorchilikka qarshi kurash nafaqat Suriyada, balki Afrika va Liviyada ham olib borilishi lozim, deb aytdi Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi 29 sentabrda BMT Bosh assambleyasida terrorchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan sammitda.
“Bizning oldimizda nafaqat Iroq va Suriyadagi, balki Afrika, Liviyadagi terrorchilik muammosi ham turibdi. Bu muammo ayniqsa biz, italiyaliklarga taalluqlidir”, deb aytdi Rentsi. Rentsi Italiya “IShID”ga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etish uchun barcha imkoni bor narsani qilishiga va'da berdi.
“Men prezident Obamaga terrorchilikka qarshi kurashda Italiyaning ko‘magini taklif qilmoqchiman”, deb aytdi Rentsi.
Shu bilan birga Matteo Rentsi Italiya Suriyada bevosita harbiy harakatlarda ishtirok etmasligini bir necha marta ta'kidlab o‘tgan.