Jahon | 18:27 / 30.09.2015
2527
1 daqiqa o‘qiladi

Ivanov: Suriyadagi operatsiyada faqat aviatsiya ishtirok etadi

Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Suriya hududida boshlangan harbiy operatsiyada faqat harbiy havo kuchlari ishtirok etadi. Bu haqda Kreml ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
“Rossiya Federatsiya harbiy xizmatchilari hech qanday yer usti operatsiyalarida ishtirok etmaydi, - ta'kidladi u. – Gap faqat harbiy havo kuchlarining IShIDga qarshi zarbalari haqida ketmoqda”.
Shu bilan birga, Ivanov Suriya masalasida “gap Rossiyaning milliy manfaatlari xususida” ketayotganini qayd qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish