09:50 / 30.09.2015
2625

Kasilyas YeChLda o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

"Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas “Chelsi”ga (2:1) qarshi kechgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bu o‘yin ispaniyalik darvozabon uchun musobaqa doirasidagi 152-o‘yini bo‘ldi. Shulardan 150tasini u Madridning “Real” klubi libosida o‘tkazgan.

Shu tariqa, Kasilyas bu borada “Barselona” jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xavining natijasini (151ta o‘yin) ortda qoldirdi.

Top