Jahon | 07:58 / 30.09.2015
3496
2 daqiqa o‘qiladi

Kemeron Asadning ketishiga Putinning roziligini olish mumkin deb hisoblamoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriya yetakchisi Bashar Asadni o‘z lavozimidan ketishi zarurligiga ko‘ndira olishga umid qilmoqda. Bu haqda Kemeron CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.   

“Mening fikrimcha, Putin islom ekstremistlarining terrorchiligi AQSh va Buyuk Britaniya manfaatlari kabi, Rossiya manfaatlariga ham xavf solishini anglaydi. Putin bu xavf unga ham tegishli ekanligini biladi, biroq u ayni paytgacha Asad bilan ishlashni istagan”, deb aytdi Kemeron.

Kemeron Putinni Suriya prezidentini almashtirishga ko‘ndira olish zarur deb hisoblamoqda: “Biz Putinni Suriyani “IShID”dan ozod qilishning yagona imkoniyati bu Asadni almashtirish ekanligiga ko‘ndirishimiz kerak”.

“Obama va Putinning o‘tgan kechadagi uchrashuvi juda muhim bo‘ldi, biroq bizga vaziyatni anglashda yagona fikrga kelish uchun bunday uchrashuvlardan ko‘proq kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Kemeron.

Avvalroq Kemeron Bashar Asad o‘z lavozimini tark etgandan keyin xalqaro sud oldida javob berishi kerakligini aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish