Jahon | 11:58 / 30.09.2015
3067
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Suriyada hokimiyatni topshirish jarayoni “tartibli va boshqaruvli” o‘tishi lozim

Moskvaning Suriyaga nisbatan tashabbusi mazkur mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri 29 sentabr kuni Amerikaning CNN bergan intervyusida ma'lum qildi.

U Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgari surgan taklif va uning harakatlari AQShning burchakka siqib qo‘ygani to‘g‘risida berilgan savolga e'tirozini bildirdi.
“Men bu fikrga mutlaqo qarshiman, - dedi davlat kotibi. – Men qanday yo‘l bilan bizni burchakka siqib qo‘yishganini ko‘rmayapman. Haqiqatda esa, o‘ylaymanki, bunda ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu imkoniyatlar biz uchun Suriya muammosini qanday hal etish masalasini ko‘tarib chiqadi”, - dedi Amerika diplomatiyasi rahbari.

Kerrining tasdiq qilishicha, bu holat Putin hayotini yanada murakkablashtiradi. “Agarda u Asad, Eron va “Hizbulloh” tomonida bo‘lsa, mintaqadagi sunniy davlatlar bilan jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin”, - dedi u.
Davlat kotibi Suriyada siyosiy holatni sunniylar bilan kelishuvlarsiz yo‘lga solish uchun imkonsiz.

Shuningdek, Kerri AQShning Suriyada hokimiyatni topshirish “tartibli va boshqaruvli” bo‘lishi hamda ushbu jarayonda “vakuum yoki portlashlar” yuzaga kelmasligi tarafdori ekanini aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish