Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lui van Gaal: "MYu" 2017 yilda YeChLda g‘olib bo‘la oladi
"Manchester Yunayted" jamoasining bosh murabbiyi Lui van Gaal o‘z jamoasining Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish bo‘yicha imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"O‘ylashimcha, biz 2017 yilda bu sovringa ega chiqamiz. Buning uchun bizda real imkoniyatlar mavjud. Nega deysizmi? Chunki men avval ham bunday vaziyatda bo‘lganman.
YeChL finaliga chiqish ham yutuq sifatida qaraladi. Harholda jurnalistlarning baholashicha shunday. Finalda g‘alaba qozonish uchun esa tajriba to‘plash kerak.
O‘ylaymanki, "MYu" 1999 yilda YeChLni qay tariqa yutganini yaxshi eslaydi", deydi murabbiy.
Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" YeChLning joriy mavsumini yaxshi boshlay olishmagan, birinchi turda "PSV"dan safarda mag‘lubiyatga uchralgandi.
Bugun jamoa o‘z uyida 2-tur doirasida "Volfsburg"ga qarshi bahs o‘tkazadi.