19:57 / 30.09.2015
8369

Manba: Rossiya samolyotlari IShID nazoratida bo‘lmagan hududga havo zarbalarini berdi

Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya samolyotlari tomonidan ilk aviazarbalar yo‘llangan Homs viloyati IShID jangarilari emas, Suriya muxolifati nazorati ostida hisoblanadi. Bu haqda Reyter nashrida yozilgan.

O‘z navbatida Suriya televideniyesida Rossiya tomonidan yo‘llangan aviazarbalar IShID pozitsiyalariga qaratilgani haqida ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi kengashi mamlakat qurolli kuchlarining xorijda harakatlanishiga ruxsat berishidan 2 soat vaqt o‘tib, rus samolyotlari Suriya hududida harbiy amaliyotlarga kirishdi.

Top