Jahon | 08:36 / 30.09.2015
3756
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Pentagonning Rossiya va Ukraina bo‘yicha kuratori ishdan bo‘shatiladi

Pentagonning Rossiya va Ukraina yo‘nalishidagi kuratori Evelin Farkas iste'foga chiqariladi, deya xabar berdi Politico AQSh harbiy qo‘mondonligidagi axborot manbasiga tayanib.

Farkas mazkur lavozimda besh yil davomida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z ishini oktabr oyi so‘ngida rasman yakunlaydi. Qayd etilishicha, kurator Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatiga javob choralari, shuningdek, Kiyevga moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bilan shug‘ullangan.

Shu bilan birga, Farkasning sa'y-harakatlari bilan Chernogoriyaning NATOga a'zo bo‘lishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda, Kavkazorti davlatlari, ayniqsa Gruziya bilan AQSh harbiy aloqalari mustahkamlandi.

Nashr axborot manbalaridan birining ma'lum qilishicha, Farkasning iste'foga chiqishi Barak Obama ma'muriyati uchun yana bir bosh og‘rig‘i bo‘lib, uning o‘rniga maqbul nomzodni topish mushkul masala.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish