17:19 / 30.09.2015
3931

O‘zbekistonning 9 banki MDHning 200 eng yirik banki ro‘yxatiga kiritildi

1-4 oktabr kuni o‘tkaziladigan “Sochi-2015” investitsion forum arafasida RIA Reyting agentligi tahlilchilari MDH davlatlarining eng yirik 200 bankini o‘z ichiga olgan reytingni e'lon qildi.

Unda birinchi o‘rinni Rossiya Sberbanki egalladi. 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu bank aktivlari 386.69 mlrd dollarni tashkil qiladi. Undan keyingi 8ta o‘rin ham Rossiya banklari – VTB, Gazprombank, VTB 24, “FK Otkrytiye”, Moskva banki, Rosselxozbank va YuniKredit banklar tomonidan egallandi. O‘ninchi o‘rin esa Qozog‘istonning Kazkommertsbankiga berildi.

Reytingga Rossiyaning 3ta banki (Benk of Chayna, BBR bank, M2M Prayvet bank) yakun yasadi.
Ro‘yxatga O‘zbekistonning 9ta banki kiritildi: Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki (42-o‘rin), O‘zsanoatqurilishbank (61-o‘rin), “Asaka” banki (86-o‘rin), Qishloqqurilishbank (122-o‘rin), Ipoteka bank (126-o‘rin), Xalq banki (133-o‘rin), Agrobank (136-o‘rin), KDB Bank O‘zbekiston (162-o‘rin), Hamkorbank (191-o‘rin).

Top