Jahon | 18:07 / 30.09.2015
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: Rossiya AQSh elchixonasini Suriyadagi operatsiyadan boxabar qildi

Rossiya AQShning Bag‘doddagi elchixonasini Suriyadagi operatsiyadan boxabar qildi. Bu haqda Pentagon rasmiylariga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Pentagon AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Iroq va Suriyadagi pozitsiyalarga aviazarbalar berishda davom etishini tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya ulardan Suriya havo hududini bo‘shatib qo‘yishni talab qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish