Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:03 / 30.09.2015
4455
1 daqiqa o‘qiladi
Pentagon Rossiyaning Suriyaga harbiy havo kuchlarini kiritgani bo‘yicha muhokama o‘tkazmoqchi
Rasmiy Pentagon Rossiyaga Suriya hududidagi mojarolarni oldini olish maqsadida harbiy havo kuchlaridan foydalanishlari bo‘yicha muhokama o‘tkazishni taklif qilib chiqdi. Bu haqda RIA «Novosti» AQSh mudofaa tashkiloti vakillaridan biriga tayanib xabar tarqatdi.
"Bu borada Rossiyaning konstruktiv yo‘lini (IShIDga qarshi kurash) qo‘llab–quvvatlasak ham bu borada muhokamalar olib borilishi kerak», — deydi mansabdor.