Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Rossiya harbiy havo kuchlarining Suriyadagi vazifasi terrorchilikka qarshi kurashdir
Rossiya harbiy havo kuchlarining Suriyadagi faoliyatidan ko‘zlanadigan asosiy maqsad rasmiy hukumatni qo‘llab-quvvatlash va terrorchilikka qarshi kurashdir. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.
“Asosiy vazifa terrorchilikka qarshi kurash va Suriyadagi rasmiy hukumatni terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashdir”, - dedi u matbuot anjumani chog‘ida, Rossiya aviatsiyasining maqsadlari haqidagi savolga javob berarkan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashi muhokamasiga qurolli kuchlar kontingentini xorijda qo‘llashga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish haqidagi taklifni kiritdi. Oxirgi marta kengash 2014 yil martida bunday qaror chiqarib, Ukraina hududida, aynan Qrimda Rossiya kuchlarini qo‘llashga ruxsat bergan edi.