Jahon | 19:00 / 30.09.2015
3651
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: IShID Rossiyani o‘z dushmani sifatida biladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qayd etishicha, IShID jangarilari avvaldanoq Rossiyani o‘z dushmani sifatida e'lon qilib bo‘lgan.

"Sir emaski, IShID Rossiyaga avvaldan o‘z dushmani sifatida qaraydi", deydi Putin.

Uning qayd etishicha, jangarilar Suriyada o‘z maqsadiga erishsa, o‘z harakatlarini kengaytirishni mo‘ljallagan va bu tashkilot safidagi rossiyalik jangarilar Rossiyaga qaytib, o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirishi mumkin.

Putin jangarilarga qarshi eng samarali kurash yo‘li haqida aytib o‘tgan.

"Xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning to‘g‘ri yo‘li - Suriya va Yaqin Sharq hududiga o‘rnashgan jangarilarni o‘sha joylarda bartaraf etishdir. Yo‘qsa, ular uylarimizga bostirib kelishi mumkin", deydi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish