Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Suriya armiyasi faqat havodan qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya armiyasi quruqlikdagi operatsiyalarsiz qo‘llab-quvvatlanishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Bizning harakatlarimiz qat'iy berilgan doirada amalga oshiriladi. birinchidan, biz Suriya armiyasini uning terrorchilik guruhlariga qarshi qonuniy kurashida qo‘llab-quvvatlaymiz. Ikkinchidan, qo‘llab-quvvatlash quruqlikdagi operatsiyalarsiz, havodan amalga oshiriladi”, deb aytdi Putin Rossiya hukumati a'zolari bilan yig‘ilish paytida.
Putinning aytishicha, “bunday qo‘llab-quvvatlash Suriya armiyasi hujumkor operatsiyalari davomida vaqt bo‘yicha chegaralanadi”.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada “IShID” pozitsiyalariga zarbalar berishni boshlaganini ma'lum qilgandi.