Jahon | 17:38 / 30.09.2015
3622
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyaga harbiy aviatsiya yo‘lladi

Rossiya Damashqning rasmiy so‘rovidan so‘ng Suriyaga harbiy aviatsiya yo‘lladi. Bu haqda Suriya prezidenti ofisiga asoslangan holda AFP agentligi xabar bermoqda.

“Rossiya harbiy havo kuchlari Suriyaning so‘rovidan so‘ng u yerga yo‘llandi, prezidentning (Asadning) prezident Putinga yo‘llangan maktubida Rossiya havo kuchlarini Vladimir Putinning terrorchilikka qarshi kurash tashabbusi doirasida ushbu mamlakatga yo‘llash taklifi ifoda etildi”, - deb bayonot berdi ofis rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish