Jahon | 18:10 / 30.09.2015
3424
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasida faqat ko‘ngillilar ishtirok etadi

Rossiya qurolli kuchlarining Suriyada IShIDga qarshi boshlagan harbiy operatsiyasida faqat bunga o‘z ixtiyorlari bilan bog‘liq bo‘lgan zobitlar va shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar ishtirok etadi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, operatsiyaga asosan bosh shtab va harbiy havo kuchlari zobitlari, shuningdek, harbiy-texnik personal jalb qilinadi.
Safarbarlik chaqiruv xizmatidagi harbiylar operatsiyada ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya aviatsiyasi Suriyaning Xums viloyatida birinchi aviazarbani amalga oshirib ulgurdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish