02:41 / 30.09.2015
6970

Samarqand viloyatida Sud departamenti hududiy boshqarmasining rahbari qo‘lga olindi

Samarqand viloyati huquq-tartibot muassasalari xodimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Sud departamentining viloyat boshqarmasi Bulung‘ur tumani sud ijrochilari bo‘limi boshlig‘i Shokir Zohidov 2015 yilning 16 sentabrida o‘zining ishchi xonasida 400 dollar miqdorida pora olayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Jabrlanuvchining aytishicha, Zoxidov chiqarilgan sud qarori uchun 100 dollar olgandan keyin ham tovlamachilik yo‘li bilan undan 400 dollar talab qilgan. Qayd etilishicha, Zoxidovning ishchi xonasi tekshirilganda o‘nlab bajarilmagan sud qarorlari aniqlangan, bu huquq-tartibot muassasalarining Zoxidovning o‘z lavozimidan g‘araz niyatlarda foydalangani haqidagi taxminini tasdiqlaydi.
Ayni paytda qonunchilik va huquq-tartibot muassasasining sobiq xodimi Sh.Zoxidovga nisbatan Jinoyat kodeksining “Pora olish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Top