Jahon | 08:58 / 30.09.2015
3801
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya TIV: Bashar Asad yoki iste'foga chiqarilishi, yoki kuch bilan almashtirilishi kerak

Suriya prezidenti hokimiyatni topshirishi kerak, aks holda mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga to‘g‘ri keladi. Ushbu so‘zlarni 29 sentabr kuni Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Abdul al-Jubayr Nyu-Yorkda jurnalistlarga ma'lum qildi.

“Asad uchun Suriyada kelajak yo‘q, masalani hal etishning ikki yo‘li bor, – dedi vazir. – Birinchisi, bu – siyosiy jarayon bo‘lib, ushbu vaqtda muvaqqat kengash tashkil etiladi. Ikkinchi yo‘li hisoblangan harbiy aralashuv ham Bashar Asadning prezidentlikdan ketishi bilan yakun topadi”.

Al-Jubayr Suriya yetakchisini kuch bilan almashtirish masalasiga batafsil yondashmasdan, faqatgina Ar-Riyod Damashq armiyasi va IShID jangarilariga qarshi kurash olib borayotgan “mo‘'tadil Suriya isyonchilari”ni qo‘llab-quvvatlashni boshlab yuborganini aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish