14:21 / 30.09.2015
3585

Shepelev Friskening hisobidan uy qurgani ma'lum bo‘ldi

Rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening otasi Vladimir jurnalistlarga oilada davom etayotgan janjal haqida gapirib berdi.
Vladimir Friske xonandaning turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev bilan kelisha olmayapti. Ular orasidagi kelishmovchilik matbuotda keng yoritilmoqda.

Bu safar Vladimir Friske Shepelevning biror marta ham qizining qabriga bormaganini, shuningdek, marhum xonandaning hisobidan uy qurganini ma'lum qildi.
Friskening ta'kidlashicha, Shepelev Jannaga iliq munosabatda bo‘lmagan, undan foydalanishga intilgan. Janna unga barcha mablag‘larini ishonib topshirgan, bundan foydalangan Dmitriy pullarni o‘zi bilganicha sarflagan, jumladan, o‘ziga uy qurib olgan.

“Jannaning ahvoli yomonlashgan paytlari Dmitriy har kecha unga qanaqadir hujjatlar olib kelib, imzolatardi. Men qizimga bu hujjatlarni imzolamaslikni maslahat berdim. Ana shundan so‘ng muammolar boshlandi. Dorilarga pul yetmay qoldi to‘satdan. Biz Dmitriy Jannaga boshqa dorilar berishi mumkinligidan qo‘rqib qoldik.

Bir kuni u hatto: “Tezroq hammasi tugasa edi, juda jonimga tegdi!”, dedi, mana shundan so‘ng qo‘rquvlarimiz ortdi”, - dedi Jannaning otasi jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Ayni kunlarda jurnalist Dmitriy Shepelev marhum rafiqasining oilasiga o‘g‘lini ko‘rishga ruxsat bergisi kelmayapti. Hozircha Vladimir Friske nabirasini oyiga bir marta ko‘rishi mumkin, shunda ham bolaga qo‘riqchi biriktiriladi.

Top