06:58 / 30.09.2015
3513

Tojikistonda Guantanamoning sobiq ikki mahbusi isyon ishi bo‘yicha hibsga olindi

Tojikistonda Guantanamoning sobiq ikki mahbusi general Abduhalim Nazarzoda boshchiligida qurolli isyonda ishtirok etishda ayblanib hibsga olindi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.    

“1962 yilda tug‘ilgan, Panjda yashovchi Mehribon Odinayev va 1978 yilda tug‘ilgan, Xatlon viloyatining Vahsh tumanida yashovchi Shafi Solihov general Nazarzoda jangarilari qatoriga jalb qilingan”, deyilmoqda xabarda.

Tojikiston IIV ma'lumotlariga ko‘ra, 2001 yilda Tojikiston jangarilar bilan hali urush olib borayotgan paytda hibsga olinganlar Afg‘onistonga borib, u yerda AQShga qarshi kurashayotgan afg‘on muholifati safiga  qo‘shilganlar. O‘sha yili ular qo‘lga olinib, Guantanamo qamoqxonasiga yetkazilganlar. Bir necha yildan keyin Odinayev va Solihov Tojikiston hukumatiga topshirilgan va bu yerda ular ikki oydan keyin amnistiya qilinib, ozodlikka chiqarilgan. 

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda 2010 yildan beri harbiy isyonga tayyorlanib kelgan. Qayd etilishicha, Nazarzoda 2010 yildan 2015 yilning avgustigacha “Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi raisi Muhiddin Kabiriyning buyrug‘i bilan jinoiy uyushma tashkil etish maqsadida umumiy miqdori 300 kishidan iborat 20 dan ko‘proq jinoiy guruh tashkil etgan”.    

 

Top