Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen bilan bog‘liq mojarolar Buyuk Britaniyadagi 1,2 mln dona avtomobilga ta'sir qiladi
Volkswagen konserni dizel dvigatellar bilan bog‘liq mojaro Buyuk Britaniyadagi 1,2 mln dona avtomobilga ham ta'sir qilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Sky News xabar bergan.
O‘ztkazilgan tekshiruvlarda Volkswagen o‘zining 1 mlndan ortiq avtomobillariga buzuq dasturiy ta'minot o‘rnatgani aniqlangandi.
Kompaniyaning Britaniyadagi ofisida barcha dilerlar bu haqda ogohlantirilgani aytilgan.
Buyuk Britaniya Transport vazirligi dizel dvigatellaridagi xatolik atrof-muhitga qanchalik ta'sir ko‘rsatgani bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
Bundan oldin konsern avtomobillari sotilishi Shveytsariya va Italiyada sotilishi to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.