Jamiyat | 17:22 / 30.09.2015
3112
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi sag‘anada uch nafar tobut o‘g‘risi nafasi qaytib vafot etdi

Xitoyda qadimiy maqbarani tunashga qaror qilgan uch o‘g‘ri kislorod yetishmasligidan vafot etdi. Bu haqda Associated Press xabar qildi.

Hodisa Xenan provinsiyasidagi Chentszyao qishlog‘i yaqinida sodir bo‘ldi. Besh erkak qadimiy tunash maqsadida dahnaga kirishadi, biroq xonalardan birida ularning uch nafari havoda kislorod kamligi sababli xushdan ketib, vafot etadi. Tirik qolgan ikki o‘g‘ri esa politsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi.

Huquqni himoya qilish organi xodimlari voqea joyiga yetib kelganda tirik qolgan o‘g‘rilarning biri qochib ketgan, ikkinchisi esa kislorod yetishmasligidan bexush yiqilib yotgan edi. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, so‘ngra hibsga olingan. Keyinroq esa qochib ketgan jinoyatchi ham qo‘lga olingan.

Ma'lumot o‘rnida, Xenan provinsiyasi xitoy sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sanaladi. Mazkur hududda 20dan ziyod sulola va podsholiklar poytaxtlari joylashgan. Ushbu provinsiya ko‘plab madaniy va tarixiy yodgorliklari bilan mashhur. Jumladan, Shaolin ibodatxonasi, Loyan qadimgi poytaxt shahri, xitoy buddizmining beshigi sanalgan Oq Ot ibodatxonasi aynan Xenanda joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish