Jamiyat | 10:18 / 01.10.2015
9766
2 daqiqa o‘qiladi

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Hayot yo‘llarida qoqilmay yashashni o‘rgatgan aziz ustoz va murabbiylar! Sizga bo‘lgan chin, samimiy mehrimizni, hurmat va ehtiromimizni har lahza, har qancha ifoda etsak oz. Sizlar bergan ta'lim-tarbiya, bilim va ko‘nikmalar sharofati bilan biz shogirdlaringiz hayotda o‘z o‘rnimizni topib, kelajakka ishonch ko‘zlari bilan boqmoqdamiz. Zero kelajakning qanday bo‘lishini hech kim aniq aytib bera olmaydi. Siz aziz ustozlarimiz ana shu noma'lum va mavhum kelajak hayotida biz shogirdlaringizning har qanday sinovlarga bardoshli, kurash va raqobatlardan cho‘chimasdan yorqin istiqbol sari dadil odim tashlashimiz uchun bor kuch va imkoningizni safarbar etmoqdasiz. Qanday yutuq va muvaffaqiyatlarga erishmaylik, ular zamirida Siz azizlarning beminnat, fidokorona mehnatlaringiz mujassamdir.
Kun.uz tahririyati barchangizni bugungi ayyom bilan muborakbod etadi. Sizlarga eng ezgu, samimiy va pokiza tilaklarimizni izhor etishdan mamnunmiz. Yurtimizning porloq istiqboli uchun sarf etayotgan kuch-quvvatingiz, mehru saxovatingiz hech qachon so‘nmasin, eng go‘zal, eng ibratli oqibatlar sohib va sohibalari bo‘lib yashash barchangizga nasib etsin!