00:14 / 01.10.2015
5730

BMT bosh qarorgohida birinchi marta Falastin bayrog‘i ko‘tarildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida birinchi marta Falastin davlati bayrog‘i ko‘tarildi. Shu munosabat bilan majmuaning sohilbo‘yidagi “pushti” bog‘ida bo‘lib o‘tgan marosimda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ishtirok etdi.

BMT Bosh assambleyasi 10 sentabrda BMT bosh qarorgohi hududida tashkilotda kuzatuvchi bo‘lgan davlatlarning bayroqlarini ko‘tarishga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Ayni kunda bunday maqomga Falastin va Vatikan ega.

Top