Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada 1 oktabr uchun keyingi 300 yil ichidagi eng sovuq harorat qayd etildi
Chexiyada kuzning ikkinchi oyi juda sovuq boshlandi. 1 hafta oldin mamlakatda harorat o‘lchagichlar 25 daraja issiqni ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib bu holat keskin o‘zgargan va harorat 10 daraja sovuni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Chexiya gidrometeorologiya instituti vakili Lenk Musilovga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.
"1 oktabr bunday darajadagi sovuq mamlakatimizda 3 asrdan beri endi kuzatildi", degan u jurnalistlarga.
Kun rekordi mamlakat shimolidagi Yizerki daryosi atroflarida qayd etildi.
"Chexiyada oxirgi yillarda 1 oktabr kunidagi eng sovuq harorat 3 yil oldin qayd etilgan, o‘shandagi termometr ko‘rsatkichi - 3,9 daraja sovuqni ko‘rsatgandi", deydi Musulov.
Meteorologlar bu yilgi qish keyingi o‘n yilliklardagi eng sovuq qish bo‘lishidan ogohlantirmoqda.