YeChL , A guruhi: Ronaldu dubli “Real”ga “Malmyo” ustidan g‘alaba keltirdi, “PSJ” mehmonda “Shaxtyor”ni yengdi
Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turida A guruhidan o‘rin olgan “Malmyo”- “Real” uchrashuvi madridliklarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi ikkila to‘pni ham 29- va 90-daqiqada Krishtianu Ronaldu kiritdi. “Malmyo” futbolchilari o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunlashlariga to‘g‘ri keldi: 78-daqiqada himoyachi Yoshimar Yotun o‘yindan chetlatildi. Qayd etish joizki, rossiyalik futbolchi Denis Cheryshev “Real” safida Chempionlar Ligasida ilk bor maydonga tushdi, u 84-daqiqada Iskoning o‘rniga tushirildi.
E'tiborlisi, Ronalduning uchrashuvda kiritgan 1-to‘pi uning faoliyatidagi 500-goli bo‘ldi.
Chempionlar Ligasi. A guruhi. 2-tur
Malmyo (Malmyo) – Real Madrid (Madrid) – 0:2
Gollar: Ronaldu, 29 (0:1); Ronaldu, 90 (0:2).
Chetlatish: Yotun (Malmyo).
Guruhdagi 2-uchrashuvda “PSJ” Lvovda Donetskning “Shaxtyor” klubini 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 7-daqiqada parijliklarning himoyachisi Serj Ore, 23-daqiqada yana bir himoyachi David Luis o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. “Konchilar” sardori Dario Srna o‘yinning oxirida o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi.
Shaxtyor (Donetsk) – PSJ (Parij) – 0:3
Gollar: Ore, 7 (0:1); David Luis, 23 (0:2); Srna, 90+1 (0:3, avtogol).
A guruhidagi musobaqa jadvali 2-turdan keyin quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Real” – 6 ochko; 2. “PSJ” – 6; 3. “Shaxtyor” – 0; 4. “Malmyo” – 0.