08:52 / 01.10.2015
4218

YeChL, S guruhi: "Benfika" "Atletiko"ni yengdi, "Astana" "Galatasaroy" bilan durang o‘ynadi

30 sentabr oqshomida Yevropa yashil maydonlarida YeChL guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi.

Atletiko – Benfika
Ispaniya poytaxtida S guruhi favoriti sifatida qaralgan "Atletiko" jamoasi Portugaliyaning "Benfika" jamoasini qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Atletiko (Ispaniya) – Benfika (Portugaliya) 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 23 Korrea, 1:1 – 36 Gaytan, 1:2 – 51 Gonsalu Gedesh.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Gabi, Tiagu, Oliver Torres (Saul, 63), Grizmann (Vetto, 71), Martines, Korrea (Torres, 77).
Benfika – Julio Sezar, Nelson Semedu, Luizao, Jardel, Elizeu, Gonsalu Gedesh, Andre Almeyda, Samaris (Feysa, 73), Gaytan, Jonas (Pitstsi, 80), Ximenes (Mitroglu, 72).
Ogohlantirishlar: Elizeu (25), Luizao (28), Martines (40), Samaris (40), Oliver Torres (55), Jardel (82).

Astana - Galatasaroy
YeChL 2-turi doirasida Qozog‘istonda "Astana" va "Galatasaroy" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.
Dastlab, maydon egalari o‘yinning 31-daqiqasida Kisaning goli evaziga hisobni ochishdi.
O‘yinning 77-daqiqasiga kelib, Baltaning avtogoli tufayli hisob tenglashdi. 86-daqiqada bu safar “Astana” futbolchisi Erichning avtogoli “Galasaroy”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 3 daqiqaga o‘tgach Karol uchrashuvdagi uchinchi avtogolni qayd etib, yakuniy natijani o‘rnatdi 2:2.
Shu tariqa, avtogollarga boy chiqqan bahsda kuchlar teng keldi.

Astana – Galatasaroy 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 31 Kisa, 1:1 – 77, avtogol Balta, 1:2 – 86, avtogol Erich, 2:2 – 89, avtogol Karol.
Astana – Erich, Anichich, Postnikov, Ilich, Shomko, Maksimovich, Kanyas, Ketevoama (Mujikov, 82), Jukov (SHCHetkin, 89), Jolchiyev (Nuserbayev, 77), Kabananga.
Galatasaray – Muslera, Kayya, Karol, Denayyer, Balta, Oztekin (Saryoglu, 90), Kisa (Gyumyush, 82), Inan, Sneyder, Podolski (Rodriges, 68), Bulut.
Ogohlantirishlar: Inan (42), Gyumyush (90).

Top