Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Rossiya va AQShni yadroviy quroldan qutulish bo‘yicha majburiyatlarga amal qilishga chaqirdi
AQSh va Rossiya o‘zlarining denuklearizatsiya bo‘yicha majburiyatlarini bajarishlari shart, bu esa Vashingtonning Germaniya hududidagi bazalarda atom bombasini joylashtirishi mumkinligi haqidagi xabarlarga zid keladi. Bu haqda Eron TIV o‘rinbosari Abbos Araqchi Sputnik agentligiga bergan bayonotida aytib o‘tdi.
“Bizni, shubhasiz, bu jihatdagi har qanday o‘zgarishlar tashvishga soladi. Biz yadroviy qurolga ega barcha tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishiga umid qilamiz”, - dedi u, AQShning Germaniyada atom bombasini joylashtirishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirarkan.