15:34 / 01.10.2015
4910

Germaniyaga Afg‘onistondan 110 yoshli muhojir keldi

Germaniya Afg‘onistondan kelgan 110 yoshli muhojir kishini qabul qildi. Bu haqda N-24 xabar bergan.

"Abdulqodir Azizining 3 nafar o‘g‘li "Tolibon" jangarilari tomonidan o‘ldirilgan. Mamlakatdagi vaziyat yomonlashgach, uning oilasidagi 8 kishi G‘arbga yo‘l olishgan", deyiladi xabarda.

Uning qizi Sarfamaning aytishicha, otaxon ko‘rish va eshitish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan. Bu oila Yevropaga yetib kelgunicha yo‘lning katta qismini piyoda holda bosib o‘tishgan.

Aziziyning yoshi hujjat asosida tasdiqlanmagan, nemislar ayni paytda uning uchun yangi pasport tayyorlashmoqda.

Top