01:24 / 01.10.2015
6374

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 500-golni kiritdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasining saralash bosqichida “Malmyo”ga qarshi uchrashuvning 29-daqiqasida raqib darvozasiga to‘p kiritdi.

Futbolchi shu to‘pi bilan faoliyatida kiritgan jami to‘plarning sonini 500 taga yetkazib qo‘ydi. buning uchun unga 753 ta o‘yin zarur bo‘ldi.

30 yoshli superyulduz “Real” safida 307 ta o‘yinda 322 ta, “Manchester Yunayted” safida 292 ta o‘yinda 118 ta, Portulagiya terma jaoasi safida 122 ta o‘yinda 55 ta va o‘zining birinchi klubi – Lissabonning “Sporting”i safida 31 ta o‘yinda 5 ta gol kiritgan. Ronaldu 500 ta golidan 83 tasini bosh bilan, 81 tasini penaltidan, 45 tasini jarimadan kiritgan

Bundan tashqari, Ronaldu Chempionlar Ligasida “Real” safida kiritgan gollari bo‘yicha Raulga yetib oldi, ularning ikkisining hisobida 66 tadan gol bor. Biroq Ronaldu Rauldan “Real” uchun kiritilgan jami to‘plar bo‘yicha bitta to‘pga ortda qolmoqda: Ronaldu 322 ta, Raul esa 323 ta to‘p kiritgan.

 

Top