11:13 / 01.10.2015
9725

Lavrov AQShlik jurnalist ayolga tizzalab turgan holda erkaklarga murojaat qilmaslikni maslahat berdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShlik jurnalist ayolga tizzalab turgan holda erkaklarga murojaat qilmaslikni maslahat berdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Bu gapni Rossiya TIV rahbari AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi oldidan aytgan.

Qayd etilishicha, amerikalik jurnalist ayol kameralarga xalal bermaslik maqsadida tizzalab turgan holda rossiyalik vazirga navbatdagi savol bilan murojaat qilgan.

Lavrov esa hazil qilib: “Erkaklarga tizzada turgan holda murojaat qilish siyosiy jihatdan xato”, - deya javob bergan.

Shundan so‘ng vazir muzokaralar o‘tkazish uchun voqea joyini tark etgan.

Top