22:58 / 01.10.2015
6041

Lavrov: Rossiya Iroq hukumati orqali kurdlarni qurol bilan ta'minlaydi

Rossiya Iroq hukumati orqali mamlakat shimolidagi kurdlarga qurol yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov BMT Bosh assambleyasi maydonidagi matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.

"Biz Iroq hukumati orqali kurdlarni qurol bilan ta'minlab turamiz. Bag‘dodda tashkil etilgan axborot markazi tarkibida Suriya, Iroq, Eron va Rossiya vakillaridan tashqari kurdlar vakili ham bo‘ladi", deydi u.

Rossiya TIV rahbari bu markaz faoliyati muhimligini ta'kidlagan.

"Barcha a'zolar umumiy dushmanga qarshi kurashda zarur ishlarni olib borishadi, vakillar asosan razvedka va o‘rganish bilan shug‘ullanadi, bu esa IShIDga qarshi kurash olib borish uchun juda zarurdir. Endi terrorizmga qarshi kurashda yanada samarali harakat qilamiz", deydi u.

Top