Fan-texnika | 19:03 / 01.10.2015
5323
1 daqiqa o‘qiladi
Mitsubishi Lancer sedani yangilandi
Mitsubishi kompaniyasi yangilangan Lancer sedanini taqdim etdi. Ushbu model AQSh bozoriga mo‘ljallangan.
Mashinaning old bamperi, kunduzgi chiroqlari, radiator panjarasi yangilandi. Kuzovning orqa qismi va interer o‘zgarmadi.
Bundan tashqari, Mitsubishi Lancer’da yangi variator paydo bo‘ldi.
Motor gammasi eskichasiga qoldi. AQShda 148 va 168 ot kuchiga ega atmosferali 2.0 va 2.4 l li benzin dvigatellari taklif qilinadi. Unga qo‘shimcha ravishda 2 l li 4 silindrli 237 ot kuchiga ega motor ham bor.
Yangilangan sedanning narxi 17 595 dollarni tashkil qiladi.