Sport | 09:30 / 01.10.2015
4172
1 daqiqa o‘qiladi
Morata "Yuventus"ning YeChLdagi ketma-ket 5 o‘yinida gol urgan ikkinchi hujumchisi bo‘ldi
"Yuventus"ning ispaniyalik yosh hujumchisi Alvaro Morata 30 sentabr kuni "Sevilya"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda birinchi golga mualliflik qildi.
U YeChLning birinchi turida "Manchester Siti" darvozasini ham ishg‘ol etgandi.
O‘tgan yilgi mavsumda ham Morata YeChLning yarim finalining har ikki o‘yinida "Real" darvozasiga 2ta gol, finalda esa "Barselona" darvozasiga bitta gol yo‘llagandi.
Shu tariqa 22 yoshli futbolchi YeChl doirasidagi ketma-ket o‘yinlarda 5ta gol urish bo‘yicha jamoaning sobiq hujumchisi Aleksandr Del Peroning natijasini takrorladi.