Jahon | 22:10 / 01.10.2015
7262
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada ishlash huquqini beruvchi patentni qo‘lga kiritgan 350 minginchi chet ellik O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi

Yil boshida Moskva Migratsiya markazi (Saxarovo) Moskva shahri hududida ishlash huquqini beruvchi 350 ming dona patent chiqargandi. Shu munosabat bilan Markaz rahbariyati 350 minginchi chet ellik mijozni aniqlash va unga esdalik sovg‘asi topshirishga ahd qildi. Bu mijoz O‘zbekiston fuqarosi, 30 yoshli Sharafulina Elvira bo‘lib chiqdi. Sharafulina Moskvadagi tarmoqli restoranlardan birida operator bo‘lib ishlaydigan bo‘ldi. U xizmatning tezkorligi va Markaz xodimlarining iltifotligini e'tirof etdi.

Shuningdek Markaz patent olishga kelgan yana besh nafar chet ellik fuqaroga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Ular: O‘zbekistondan Qosimov Maqsad (nonvoy), Edimov Rasul (montajchi), Xarkov viloyatidan Golovko Yuliya (ofitsiant), Donetsk viloyatidan Goroxova Irina (tozalik xizmati mutaxassisi) hamda Ukraina fuqarosi Kovkiv Alla (sotuvchi)lardan iborat.

Shuni ma'lum qilish kerakki, Markaz 9 oy davomida “yagona deraza” rejimi ostida ishlab, patent olish uchun 387 ming ariza qabul qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish