Jahon | 08:51 / 01.10.2015
4533
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rossiyalik harbiylar bilan muzokaralardan ko‘zlangan maqsadlarni ma'lum qildi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralardan ko‘zlangan maqsad – axborot almashuv, AQSh harbiylarining xavfsizligi va AQShning mintaqadagi mudofaa siyosati o‘zgarmasligini ta'minlashdan iborat, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.  

“Bizning bu uchrashuvdan maqsadlarimiz quyidagicha: koalitsiya kuchlari va Rossiya harbiylari bilan axborot almashinuvni ta'minlash – bu bizning harbiylarning mintaqadagi xavfsizligini ta'minlaydi, bu o‘ta muhim masala. Shuningdek, maqsadlarimiz Rossiyaning istalgan qo‘shimcha harakatlari bizning koalitsiyaning “IShID”ni zaiflashtirish va unga zarba berishga qaratilgan sa'y-harakatlarimizga xalaqit bermasligiga erishish hamda AQShning bu mintaqada xavfsizlik sohasidagi umumiy majburiyatlari o‘zgarmas bo‘lib qolishini aniq tushuntirishdan iborat”, deb aytdi Karter. 

Avvalroq Pentagon Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari tinch aholi o‘limiga olib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi axborotni tasdiqlamadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish