Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:51 / 01.10.2015
8217
1 daqiqa o‘qiladi
Pentagon Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini “olovga yog‘ quyish”ga tenglashtirdi
Rossiyaning Suriya hududida IShID guruhiga qarshi boshlagan harbiy amaliyotlari ushbu mamlakatda hokimiyat almashishini ko‘zda tutmaganligi bois aksilsamaradorlik namoyon etmoqda, deb hisoblaydi AQSh mudofaa vaziri Esh Karter.
“Parallel ravishda siyosiy o‘zgarishlarni ko‘zda tutmagan holda IShIDga qarshi kurash olib borish Suriyada fuqarolik urushining qayta avj olishigagina olib kelishi mumkin”, - dedi u matbuot anjumani chog‘ida.
U Rossiyaning xatti-harakatlarini “olovga yog‘ quyish bilan barobar” dedi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish