Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Suriyada ixtilofga bormaslik maqsadida Rossiya bilan aloqa o‘rnatdi
AQSh Mudofaa vazirligi vakillari Suriyada ixtilofga bormaslik maqsadida rossiyalik hamkasblari bilan aloqa o‘rnatdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlar bilan muntazam o‘tkaziladigan matbuot bayonotida ma'lum qildi.
Ernest Suriyada Rossiya va AQSh qurolli kuchlari o‘rtasida ixtilofga bormaslik “ustuvor vazifa” bo‘lib qolishini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Pentagon xodimlari “rossiyalik hamkasblari bilan bu masalani muhokama qilish uchun aloqa o‘rnatdi”.
Ernest “AQSh Mudofaa vazirligi Rossiyaning Suriyadagi faoliyatini o‘rganayotganini” tasdiqladi. Shu munosabat bilan Ernest “Vashington Rossiya samolyotlari Suriyada aynan qaysi nishonlarga zarba bergani haqida ma'lumotga egami?” degan savolni javobsiz qoldirdi. Ernest bu bosqichda AQSh Rossiya Suriyada “IShID” pozitsiyalariga emas, balki mahalliy muxolifatga zarba bergani haqida xulosalar chiqarishga tayyor emasligini aytdi.
Ernest AQShning Damashqning rasmiy roziligisiz Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiyalari qonuniy ekanligini va BMT Nizomining 51-moddasiga to‘g‘ri kelishini ta'kidlab o‘tdi.