19:09 / 01.10.2015
4661

Poroshenko ma'muriyati: Obama yil oxirigacha Ukrainaga kelishi mumkin

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'muriyati tomonidan ma'lum qilinishicha mamlakatga AQSh prezidenti Barak Obama rasmiy tashrif bilan kelishi mumkin. Prezident ma'muriyati boshlig‘i Konstantin Yeliseyevning UNN nashriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Obama shu yil oxirigacha Ukrainaga kelishi kutilmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Poroshenko AQSh prezidentidan ham taklif olgan.

"Biz hozir ushbu tashrif muddati bo‘yicha ish olib borayapmiz. AQShdagilar ham Barak Obamaning ish grafigini ko‘rib chiqmoqda. Bizningcha, bu tashrif shu yildan kechiktirmasdan amalga oshirilishi kerak", deydi Konstantin Yeliseyev.

Top